Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda tuproq resurslarini tezkor, aniq va samarali tahlil qilish, baholash va monitoring qilish boʻyicha dasturiy mahsulot
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan.
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Toshkent shahri, Qamarniso koʻchasi, 3-uy
Tel: +998 (71) 246-76-00
Email: info@soil.uz
Muhim eslatmalar
Ushbu dasturiy taʼminot Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi boʻyicha tashkiloti (FAO) ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar asosida ishlab chiqilgan.
UZSoilAI mavjud tuproq maʼlumotlarini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida tahlil qilish va intellektual modellar ishlab chiqish asosida tuproq holatini bashorat qilish hamda tegishli tavsiyalar berish maqsadida ishlab chiqilgan.
Dasturning ushbu bosqichida maʼlumotlar faqat loyiha pilot maydonlari misolida mavjud.
Dastur tavsiya qismida berilgan organik va mineral o'g'itlar meʼyorlari hamda sho'r yuvish meʼyorlari mavjud uslubiy ko'rsatmalar, qo'llanmalar va tavsiyalar asosida belgilangan.
Fosforli va kaliyli o'g'itlar meʼyorlari g'o'zaning o'rtacha 35 sentner va bug'doyning o'rtacha 70 sentner xosili uchun hisoblangan. Shuningdek, fosforli o'g'itlar ammofos tarkibidagi va kaliyli o'g'itlar kaliy xlorid tarkibidagi ulushlari hisoblangan holda natur shaklidagi miqdorlari ko'rsatilgan.
Kontur bo'yicha tavsiyalarda organik va mineral o'g'itlar miqdorlari hamda sho'r yuvish meʼyorlari ushbu kontur egallagan maydon uchun umumiy hisoblangan, yaʼni bir gektar uchun belgilangan meʼyorlar ushbu kontur maydoniga ko'paytirilgan.
Sunʼiy intellekt asosidagi modellar chegaralangan aniqlikka ega boʻlib, real holatdan farq qilishi mumkin!
Maʼlumotlar litsenziyasi va foydalanish shartlari
UZSoilAI ning ushbu versiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan CC BY-NC-ND 4.0 litsenziyasi ostida mavjud. UZSoilAI veb-sayti va veb-xizmatlaridan foydalangan holda foydalanuvchi ushbu litsenziyalarni va UZSoilAI maʼlumotlar siyosatini toʻliq qabul qiladi.
Javobgarlikni rad etish
Saytdagi barcha materiallar, jumladan matn, tasvirlar, videolar, ovozli fayllar va boshqa obyektlar mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk qonunlari bilan himoyalangan.
Javobgarlikni rad etish
Muallif (huquq ega)lari saytdan foydalanish natijasida foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar emas. Muallif (huquq ega)lari materiallarning aniqligi, toʻliqligi yoki yangiligiga kafolat bermaydi va undagi istalgan xato va kamchiliklar uchun javobgar emas.